Xonazarov Abdushukur Abduxalilovich

Xonazarov Abdushukur Abduxalilovich (1939.3.1, Bo’stonliq tumani Soyliq qishlog’i) — o’rmonshunos muhandis olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1984), professor (1995). O’zbekiston qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasi … Read More

Xonabazm

Xonabazm — o’zbek xalq raqsining turi; bazmning uy ichida o’tkaziluvchi shakli. Kichik davraga mo’ljallangan bo’lib, ko’pincha yakka raqqos yoki. Raqqosa san’atini namoyish etishga qaratilgan, qo’l, yelka, ko’krak, bel harakatlari, Mimika … Read More

Xom ashyo

Xom ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng ma’noda Xom ashyo mehnat ta’sirida o’zgargan va yanada ishlanishi … Read More

Xolmurodov Asqar G’aniyevich

Xolmurodov Asqar G’aniyevich (1939.10.5, Yakkabog’ tumani — 1997.16.1, Toshkent) — biotexnolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1989), biologiya fanlari doktori (1976), professor (1980). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1960), Ukraina Fanlar … Read More

Xoliqiy Muhammadjon

Xoliqiy Muhammadjon (1890, Qo’qon — 1938.18.11, Buxoro viloyati) — ma’rifatparvar pedagog. Qo’qon va Buxoro madrasalarida o’qigan. 1910 yil o’z uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni o’qitgan; shoir Charxiy shu … Read More

Xolislar

Xolislar — jinoyat prosessida ishtirok etuvchilardan biri, O’zbekiston Respublikasi JPKga ko’ra, Xolislar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov harakati yoki boshqa harakatlar o’tkazilganligini, uni o’tkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun chaqiriladi. … Read More

Xolid ibn Valid

Xolid ibn Valid, Xolid ibn Alvalid (? — 642) — qurayshiylardan bo’lgan Islom sarkardasi. Dastlab Muhammad (sav)ning ashaddiy raqiblaridan bo’lib, ayniqsa, musulmonlar jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz tugagan Uhud jangida alohida xizmat … Read More

“Xoldorxon”

“Xoldorxon” — “Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlardan eng yirigi. She’riy qismining o’zi 11 ming misraga yaqin. Ergash Jumanbulbul uiadan yozib olingan (1927) va nashr etilgan (1972). Dostonda Qrim xoni Xoldorxonning Go’ro’g’liga g’arazi, … Read More

Xlorella

Xlorella (Chlorella) — bir hujayrali xlorokokk suvo’tlar urug’i. Hujayrasi sharsimon, 15 mkm, qobig’i silliq, 4-8 (ba’zan 16) tagacha Avtosporalar hosil qilish orqali jinssiz ko’payadi. 20 ga yaqin turi, jumladan, O’zbekistonda … Read More

Xolangit

Xolangit (Yunoncha chole — o’t va anderon — tomir), angioxolit — o’t yo’llarining yallig’lanishi. Xolangitni, odatda, ichak tayoqchasi va boshqa mikroblar qo’zg’atadi. Ko’pincha xolesistit, o’ttosh kasalligi bilan birga kechadi. Infektsiya … Read More