YETIMTOG’

YETIMTOG’ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiqtog’. Ovminzatov bilan Tomditov tog’lari oralig’ida joylashgan. Eng baland joyi 622 metr. Uzunligi 18 kilometr. Janubiy-g’arbdan shimoliy-sharqqa yo’nalgan. Shimoliy-g’arbiy yon bag’ri tikroq. Yetimtog’ gersin orogenezida ko’tarilgan, … Read More

YETIM TOBULG’I

YETIM TOBULG’I (Spiraea pilosa) -ra’nodoshlar oilasiga mansub buta. Bo’yi 30-70 santimetr. Barglari oddiy, teskari tuxumsimon, ba’zan rombsimon, bo’yi 4-20 millimetr, eni 3-18 millimetr, tukli. Gullari soyabonsimon yoki qalqonsimon to’p gulda … Read More

YESBERGEN

YESBERGEN — Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumanidagi ko’l. Esbergenshag’anaq qishlog’idan 3 kilometr Janubda, Amudaryoning chap kayirida, 68 metr balandlikda joylashgan. Amudaryodan toshgan suvlar va sizot suvlaridan to’yinadi. Suvga to’lgan paytda maydoni … Read More

YEREVAN UNIVERSITETI

YEREVAN UNIVERSITETI – 1920 yilda tashkil etilgan. Matematika, kibernetika, fizika, kimyo, biologiya, Filologiya, tarix, huquqshunoslik, geologiya, sharqshunoslik, falsafa va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Aspirantura, kutubxonasi (1,5 millionga yaqin asar) … Read More

YER FIZIKASI

YER FIZIKASI, geofizika -yer, uning ichki tuzilishi, fizik xossalari va “qattiq” qobiqlarida sodir bo’luvchi fizik jarayonlar, shuningdek, gidrosfera va atmosfera to’g’risidagi fanlar majmui. Yer fizikasi o’rganilayotgan fizik maydon va tadqiqotlar … Read More

YELIM RASSOMLIGI

YELIM RASSOMLIGI – rangtasvirda asar yaratish usullaridan biri. Bo’yoq (pigment)ning bog’lovchi moddasi hayvon suyaklarini qaynatib olinadigan elimdan iborat bo’lgani uchun shunday nomlanadi. Ayrim hollarda o’simlik elimi, sintetik yelimlar ham ishlatiladi. … Read More

YELIZAROV YUSUF IFRAIMOVICH

YELIZAROV YUSUF IFRAIMOVICH (1920.3.10, Samarqand — 1974.6.3, Toshkent) — rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1965). Surikov nomidagi Moskva rassomlik institutida ta’lim olgan (1944-49). Yelizarov chuqur psixologik portretlar va ko’p … Read More

YELGAVA

YELGAVA (1917 yilgacha rasmiy nomi Mitava) — Latviyadagi shahar (1573 yildan), Lielupe daryosidagi pristan. Temir yo’k tuguni. Aholisi 73,9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mashinasozlik (“Raf” mikroavtobuslari, qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodlari), … Read More

YEVROPA INVESTITSIYA BANKI

YEVROPA INVESTITSIYA BANKI (European Investment Bank) — Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning hukumatlararo kredit tashkiloti. 1958 yilda tashkil etilgan. Dastlabki bank hamjamiyat doirasidagi qoloq mintaqalarni investitsion moliyalash, sanoat modernizatsiyasi va konversiyasini, … Read More