CHETKAUSKAS ALGIMANTAS POVILAS

CHETKAUSKAS ALGIMANTAS POVILAS (1931.24.4, Kaunas) — grafik rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Kaunas badiiy o’quv yurtini (rang-tasvir bo’limi bo’yicha) tugatgan (1950). 1956 yildan O’zbekistonda. 1958 yildan “rassom” kombinatida loyihalovchi rassom. “Jangovar qalam” nashri tashkilotchilaridan. Chetkaukas karikatura, plakat janrlarida, jurnal bezagi sohasida ijod qiladi, bezovchi rassom sifatida bezash san’ati rivojiga hissa qo’shdi; ko’p yillar davomida Toshkent shahri va uning markazi (Mustakillik maydoni) ni bayramona bezashga rahbarlik qildi.