CHINGIZXON

CHINGIZXON (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155, O’non daryosi yaqinidagi delpun bo’ldan mavzei — 1227.25.8) — mo’g’ullar davlati asoschisi, sarkarda. Mo’g’ul qabilalari Ittifoqi — tayjiutlar sardori Yasugay Bahodirning O’elun fujin (xotun) dan tug’ilgan to’ng’ich farzandi. 13 yoshyda otasidan etim qolgan Chingizxon 27 yil davomida bir qancha urug’va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195-1204 yillarda Chingizxon keraitlar boshlig’i Vanxon To’g’ril (O’nxon) bilan Ittifoqsa merkit, Nayman, kuralas, ikiras, Durban, tatar va hokazolar qabilalarni bo’ysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204 yil O’nxon bilan bo’lgan jangda g’alaba qozongan Chingizxon xonlik taxtini egallaydi. 1206 yil mo’g’ul aslzodalari, no’yonlari ishtirokida buyuk qurultoyda “Chingiz” (Tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulug’xon ma’nosida) va barcha qabila, urug’, elatlarning buyuk xoni deb e’lon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Chingizxon tomonidan e’lon qilingan qonunlar to’plami — Yaso (yasoq) muhim rol o’ynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Chingizxon Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), shim. Xitoyni (1211 — 15), O’rta Osiyoni (1219-21), Xuroson, Eronni (1221-24) o’z tasarrufiga kiritadi. Mo’g’ullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224 yil Chingizxon Mo’g’ullar davlatini 4 o’g’li — Jo’ji, Chig’atoy, O’qtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10-13-asrlar) ga qarshi yurish qilgan vaqtida Chingizxon og’ir dard tufayli vafot etadi. Uni Mo’g’ulistondagi Burxon—Xaldun tog’ etagida dafn etishadi. Ad.: U temishxadji, Chingizname, Alma Ata, 1992; Kichanov E.I., Jizn Temuchjina, dumavshego pokorit Mir, Bishkek, 1993; Sultanov T.I., Podnyatie na beloy koshme. Potomki Chingizxana, Almati, 2001.