CHOPIQ QILINADIGAN EKINLAR

CHOPIQ QILINADIGAN EKINLAR — o’sishi va hosil berishi uchun katta oziq maydoni, namlik va qator oralariga ishlov berish (tuproqni yumshatish), zararkunandalar, begona o’tlar va kasalliklarga qarshi kurashni talab etadigan ekinlar. Texnika ekinlari — g’o’za, tamaki, kanop, qand lavlagi; don ekinlari — jo’xori, marjumak, makkajo’xori; moyli ekinlar — kungaboqar; sabzavot ekinlari, kartoshka, ozuqabop ildizmevalilar, poliz ekinlari (qovun, tarvuz, bodring va boshqalar) chopiq qilinadi. Bularning urug’i (ko’chati) keng qatorlab (qator oralarini 60-90 santimetr qilib) ekiladi. O’suv davrida qator oralari kultivator yoki ketmon bilan 2-6 marta yumshatiladi, pushtalari chopiladi, o’toq qilinadi, 2-9 marta sug’oriladi. Chopiq qilinadigan ekinlar ekilgan yerda tuprokning mikrobiologik faolligi ortadi, oziq modsalar ko’p to’planadi.