CHOPOVUL

CHOPOVUL, chapovul (chopmoq, g’orat qilmoq) — 1) Temuriylar, Shayboniylar, O’rta Osiyo xonliklari qo’shinida dushman kuchlari yoki qishloq yoxud shaharlariga qo’qqisdan hujum qilib, uni parokandaga uchratish maqsadida keng qo’llanilgan taktik amaliyot; 2) g’anim harbiy kuchlariga, unga tegishli ob’ektlarga to’satdan hujum qilib, o’lja keltiruvchi suvoriy guruh. Bunday otliq guruh, shuningdek, chopovulchi istilohi bilan ham anglashilgan.