Dabiriston
Dabiriston-O’rta Osiyo xalqlari tarixida ikki xil ma’noda qo’llanilgan. 1. Podshohlik huzuridagi mirzaxona. Bu yerda maxsus kotiblar, ya’ni dabirlar tomonidan davlat maktubi, hujjatlari tuzilgan va tahrir qilingan. 2. O’rta asrlar davrida Movarounnahr shaharlaridagi eski maktab. Bunday maktablarda bolalar ozmi-ko’pmi dunyoviy umumiy ma’lumot olishgan. Odatda, mashhur shoirlarning devonlarini o’qib chiqishgan, yozish va hisoblashni o’rganganlar.