DABUSIYA
DABUSIYA, Dabusqal’a — arxeologik yodgorlik (miloddan avvalgi 7, milodiy 19-asr). Zarafshonning o’ng qirg’og’ida, Oqdaryo va Qoradaryoning tutashgan joyida, Ziyovuddin shahridan 7 kilometr shimoli-g’arbda joylashgan. Ark (1,4 gektar) keng xandaq va Shahriston (taxminan 2,2 gektar) bilan o’ralgan, atrofi rabod (60 gektardan ziyod) dan iborat. Antik davr qadahlari (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 3-asr), ilk o’rta asrlarga (6-7-asrlar) mansub tosh va sopoldan ishlangan buyumlar, sirlangan idishlar (9— 12-asrlar), tangalar, shisha idishlar va boshqa narsalar topilgan. 6-7-asrlarda Buyuk ipak yo’lida turgan Fay davlatining markazi. Arab xalifaligita qarshi So’g’dda ko’tarilgan qo’zg’olon paytida (8-asr). Dabusiyada 10 ming kishilik garnizon bo’lgan. 9-12-asrlarda Samarqanddan Buxoroga boradigan “shoh yo’li”da Dabusiya So’g’dning yirik shahri hisoblangan. 13-asr boshida mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan. 15-18-asrlarga oid tarixiy manbalarda qal’a sifatida eslatib o’tilgan. 19-asrda Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin bekligining qal’asiga aylangan. Ark o’rnida bek qal’asi joylashgan.