DALA CHUMCHUG’I

DALA CHUMCHUG’I (Passer montanus L.) — chumchuqsimonlar turkumi to’qimachilar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 20-25 gramm. Boshqa chumchuqsimonlardan boshining ensa qismi qo’ng’ir, oq rangli chakkasida qoramtir dog’lari hamda qanotlarida ikkitadan oqish yo’li bo’lishi bilan farq qiladi. Yevrosiyoning deyarli hamma joyida tarqalgan. Asosan o’troq yashaydi, faqat arealining shimoliy qismidan qishda Janubroqqa ko’chadi. Butalar orasiga, bog’lar va xiyobonlardagi daraxtlar tanasi yoki yerdagi yoriqlarga uya quradi, unga 4-8 ta (odatda 5-6 ta) oq yoki kulrang mayda qoramtir dog’li tuxum qo’yadi. Dala chumchug’i shimoliy hududlarda hasharotlar bilan oziqlanib birmuncha foyda keltiradi. Ammo dehqonchilik rivojlangan qududlarda pishib yetilgan donli ekinlar va mevalarni yeb katta ziyon yetkazadi. Soni ko’p bo’lgan joylarda Dala chumchug’iga qarshi kurash olib boriladi.

One thought on “DALA CHUMCHUG’I

  1. Oq chumchuqni ko’rish milliondan birga teng va nihoyat men ko‘rdim va suratga oldim

Comments are closed.