DASHTIMARG’O

DASHTIMARG’O—Afg’onistonning Janubi-G’arbdagi cho’l, Hilmand va Xashrud Daryo vodiylari oralig’ida. Maydoni 150 ming kilometr kvadrat. Balandligi 500-700 metr. Dor daryosining qurigan o’zani kesib o’tadi. Iqlimi subtropik; yog’in yiliga 50— 100 millimetr. Yer yuzasining ko’p qismi Toshloq va gil tuproqli, ba’zi joylarida shuvoq va boyalichlar o’sadi. Janubi-g’arbida qum tepalari bor, ular oralig’i esa taqir va sho’rxoklardan iborat. Yaylov chorvachiligi va tuyachilik bilan shug’ullaniladi. Cho’lning chekka qismida vohalar uchraydi.