Dengiz iqlimi

Dengiz iqlimi – dengiz havo massalari ta’sirida tarkib topgan iqlim. Dengiz iqlimi materiklarning dengizga yaqin qismlari, orollar uchun xarakterlidir. Bu iqlim yillik harorat amplitudasining kichikligi, sernam, serbulut va seryog`in bo`lishi bilan ajralib turadi. Dengiz iqlimi sharoitida o`rmon landshaftlari ustun turadi.