DETENGOF FEDOR FEDOROVICH

DETENGOF FEDOR FEDOROVICH (1898— 1973) — psixiatr, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1950), tibbiyot fanlari Doktori (1938), professor (1941). 1940 yildan toshmi psixiatriya kafedrasi mudiri. Psixiatriyaning turli masalalari, chunonchi tashqi omillar ta’sirida kelib chiqadigan ruhiy kasalliklar va psixikaning buzilishiga oid tadqiqot ishlari olib borgan.