DIFFERENTSIATSIYA

DIFFERENTSIATSIYA (Fransuzcha differentiation, lotincha differentia — farqlanish, farq), ixtisoslashish — dastlab bir xil elementlardan iborat bo’lgan sistemaning sifat jihatidan farq qiladigan bir qancha qismlarga ajralib ketishi. Differentsiatsiya muayyan sistema funktsiyasining kengayishi, intensivligining ko’tarilishi va bu funktsiyalarni uning tarkibiy qismlari o’rtasida taqsimlanishi bilan bog’liq holda sistema ishining samarasini oshiradi. Differentsiatsiya bir necha shakdtsa namoyon bo’ladi. Felogenetik Differentsiatsiya — yaxlit taksonning ikki yoki bir nechta qismlarga ajralishi (masalan, adaptiv radiatsiya, tur hosil bo’lishi). Turning populyatsiyalarga Differentsiatsiyasi tabiiy resurslardan uning optimal foydalanishiga olib keladi. Morfofiziologik Differentsiatsiya — evolyutsiya jarayonida organizmlarda har xil funktsiyalarni bajaradigan turli xil strukturalarning rivojlanishi. Bunday Differentsiatsiyaning ketma-ket paydo bo’ladigan davrlari organizmlarning asosiy tuzilish darajalariga mos keladi. Morfofiziologik Differentsiatsiya morfofiziologik jarayon mezonlaridan biri hisoblanadi.