DIPLOMATIK AGENT

DIPLOMATIK AGENT – davlatlar vakolatxonalarining boshlig’i, elchisi, elchixona va diplomatik missiya xizmatchisi. 1815 yildagi Vena konventsiyasiga binoan faqat vakolatxona boshliqlarigina Diplomatik agent hisoblanardi. Diplomatiyaning rivojlanishi bu tushunchani kengaytirdi. Keyingi vaqtlarda elchixona va missiya xizmatchilari, hamma darajadagi elchilar, vakolatxonaning diplomatik xizmatchilari, xalqaro tashkilotlarga va konferentsiyalarga yuborilgan rasmiy vakillar, shuningdek, bir mamlakatning 2-mamlakatga yuboradigan delegatsiya boshliqlari va a’zolari ham Diplomatik agent sanaladigan bo’ldi.