DIRIXLE PRINTSIPI

DIRIXLE PRINTSIPI, “yashiklar printsipi” — (ya+1) elementdan iborat bo’lgan to’plam p ta sinfga ajratilganda sinflarning kamida bittasida elementlar soni 2 tadan kam bo’lmaydi, degan tasdiq. P. Dirixle nomi bilan ataladi. Dirixle printsipi, odatda, o’nta yashikka o’n bitta quyonni bittadan joylab bo’lmaydi, degan soda misol bilan tushuntiriladi. Shuning uchun u “yashiklar printsipi” deb ham ataladi. Dirixle printsipi sodda ifodalansa ham, sonlar nazariyasi, kombinatorika va matematikaning boshqa bo’limlarida muhim teoremalarni isbotlashga asos bo’ladi. Garmonik funktsiyalar nazariyasida ham Dirixle printsipi deb ataluvchi teorema bor.