DOMINANTA

DOMINANTA (lotincha dominantis — ustuvor) — (musiqada) major-minor tizimidagi tovushqatorning 5-pog’onasi va shu pog’onada tuzilgan akkord turi. Y raqami yoki lotincha D harfi bilan belgilanadi. Yevropa ko’povozlik tonal musiqasida muhim garmonik funktsiya bo’lib, musiqa bayonining tonika (asosiy tayanch parda) ga intilishini kuchaytiradi.

DOMINANTA — (fiziologiyada) har qanday tashqi va ichki ta’sirga organizmlarning muvaqqat javob reaktsiyasini belgilovchi, o’zaro bog’langan nerv markazlarining ustuvor sistemasi. Dominanta to’g’risidagi ta’limotning asosiy qoidalarini 1911-23 yillarda rus fiziologi A. A. Uxtomskiy ko’rsatib bergan. U bir xil reflektor harakatlarning tormozlanishi bilan birga sodir bo’ladigan, organizmning muayyan faoliyatini bajarishga yashirin tayyorligini belgilaydigan “dominant Markaziy konstelyasiya” to’g’risidagi tushunchani ilgari surdi. Dominanta asoslovchi qo’zg’alish asosida paydo bo’ladi. Biror nerv markazida qo’zg’alishning paydo bo’lishi boshqa markazda sezilarli tormozlanishga olib keladi. Dominantaning oziqlanish, jinsiy muhofaza va boshqa xillari mavjud. Dominanta bahorda baqalar qonida gormonlar kontsentrasiyasining oshishi ularda kuchli opichlash refleksini paydo qiladi. Shu sababdan terining qitiqlanishi ularda mudofaa refleksi o’rniga oldingi oyoqlarni bukuvchi muskullar tarangligini oshi-ruvchi refleksii paydo qiladi. Shunday qilib, Dominantada o’ta qo’zg’algan markaz boshqa markazlar faoliyatini o’zgartirib, o’ziga bo’ysundiradi va nerv sistemasining bir-butun yaxlit sistema sifatida faoliyatini ta’minlaydi. Dominanta hatti-harakatlarni yo’naltiruvchi sifatida bir qancha murakkab psixik hodisalarning fiziologik asosi hisoblanadi.