DOMNA ISHLAB CHIQARISHI
DOMNA ISHLAB CHIQARISHI – metallurgiya korxonalarining domna tsexlarida (yoki alohida domnali zavodlarda) cho’yan ishlab chiqarish. Hora metallurgiya ishlab chiqarish tsiklining asosiy bo’g’ini. Domna ishlab chiqarish asosi — domna pechi. Domna pechi mahsulotlari asosan (82— 84%) qayta ishlanuvchi cho’yanlardan iborat. Bunday cho’yanlar Bessemer, Tomas konvertorlarida va Marten penila qayta ishlanib, po’latga aylantiriladi. Quyma cho’yanlar domna cho’yanlarining taxminan 16% ini tashkil qiladi. Ularni qayta eritib, quymalar olinadi. Domna pechidan chiqadigan toshqol (shlak) va domna gazi ham sanoatda ishlatiladi. Toshqoldan tsement, beton, o’g’it va kurilish sanoatida ishlatiladigan quymalar olishda foydalaniladi. Domna ishlab chiqarishda xomashyo sifatida temir rudasi, yoqilg’i va flyuslar ishlatiladi. Ruda sifatida qizil, qo’ng’ir, magnit hamda shpat temir toshlari qo’llaniladi. Maxsus cho’yanlar olish uchun tabiiylegirlangan temir va marganes rudalaridan ham foydalaniladi. Eritishdan oldin rudalar boyitiladi (foydali minerallar zararli qo’shimchalardan tozalanadi). Yoqilg’i sifatida koks, flyus sifatida, asosan, ohaktosh, dolomit va Marten pechidan chikadigan toshqollar ishlatiladi. Domna pechi koloshnik orqali shixta (pechga tashlanadigan materiallar — koks, aglomerat va boshqalar) bilan to’ldiriladi. Shixta avval ruda maydonidagi uralarga yoki vagonlarda to’g’ri bunkerlar estakadasiga keltiriladi. Koks va aglomerat (yiriklashtirilgan ruda) tasmali transportyorlar yordamida koks batareyasi yoki aglomerat fabrikasidan ham keltirilishi mumkin. Shixta aravacha-bunkerlardan avval tarozi-vagonlarga, so’ngra skiplar (o’z-o’zidan bo’shaydigan aravachalar) ga solinadi. Ikki Skip chigir (lebyodka) yordamida ko’prikdan ko’tarilib, shixtani yuklash qurilmasiga to’kadi. Shixta taqsimlovchi moslamaga tushib, kichik konusni ochadi va tukuvchi moslamaga, so’ngra katta konusni ochib, pechning ichiga tushadi. Har bir shixta solinganidan so’ng taqsimlovchi moslama kichik konus bilan birga 60° buriladi, natijada shixta tekis solinadi. Havo rekuperatorlaraa 800-1160° gacha qizdirilib, maxsus nasoslar yordamida taqsimlash quvuri va furmalar orqali pechga yuboriladi. Rekuperatorlarning soni pechning katta-kichikligiga qarab to’rttagacha, furmalar esa 20 tagacha bo’ladi. Domna gazi quvurlar orqali gaz tozalash kurilmalariga kelib tozalanadi. Domnaga berilgan havo furma atrofida uglerod bilan birikib, karbonat angidrid (SO2) hosil qiladi. Domna gazlarining temperaturasi 1900° gacha ko’tariladi. SO2 yuqori tempraturada qisman uglerod (II)-oksid (so) ga aylanadi. Issiqlikning shixtaga sarflanishi va reaktsiya natijasida domna gazlarining temperaturasi pasayib, koloshnikda 200-360° atrofida bo’ladi. 570° dan past temperaturada temir oksidlaridan ajralgan kislorod so bilan birikib, SO2 ga aylanadi. Temperatura oshganda (750-900°) temir kisloroddan juda tez ajralib, sof temir (Fe) va so hosil bo’ladi. Bu reaktsiyalar ortiqcha uglerod ta’sirida o’tgani uchun qaytarilgan temir uglerod bilan birikib, toza temirga qaraganda pastroq temperatuada suyuqlanadigan cho’yan hosil bo’ladi (toza temir 1539° da suyuqlanadi). Cho’yan va shlak domna pechi gorniga yig’ilib, vaqt-vaqti bilan teshikdan chiqariladi. Shixta materiallari (ruda va koks) da boshqa aralashmalar ham bo’lgani uchun kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor va boshqalar chuyan tarkibiga o’tadi. Ulardan ba’zilari (kremniy, marganes) foydali, ba’zilari (oltingugurt, fosfor) zararli hisoblanadi. Domna jarayoni o’lchov asboblari yordamida kuzatib boriladi. Olinadigan chuyan turi va asboblarning kursatishiga qarab shixta tarkibi, havo temperaturasi va miqdori o’zgartirib turiladi.