DOVON

DOVON — tog’ning oshib o’tish qulay bo’lgan joyi. O’zbekistonda Dovon so’zi bilan birga bel, oshuv atamalari ham ishlatiladi. Tarixiy manbalarda uchraydigan Art, aqba, ko’tal so’zlari ham. Dovonning sinonimlaridir. Ilgarilari Dovondan piyoda yoki ot-ulovda oshishgan. Hozir O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonda bir qancha Dovonlardan avtomobil yo’li o’tadi. Masalan, Qamchiq Dovonidan Toshkent—Qo’qon yo’li, Taxtaqoracha Dovonidan katta O’zbekiston trakti o’tadi va hokazolar.

DOVON — 1) xonaki to’quv dastgohining tanda ipni ko’tarib turadigan qismi. Asosan ikki shoti (qovurg’a), ularni o’rtasidan biriktiruvchi o’q va o’qqa kiydirilgan g’altakdan iborat. Namanganda narvoncha, Marg’ilonda osmadon deb yuritiladi. Hoz. to’quv mashinalarida Dovon vazifasini maxsus g’altak bajaradi; 2) kalavacho’p poyalarini birlashtiruvchi silliq yog’och cho’p.