DRNOVSHEK YANSZ

DRNOVSHEK YANSZ (1950.17.5, tsele) — Sloveniya davlat avrbobi. Lyublyana universitetini tugatgan. 1974 yildan qishloq xo’jalik kooperativida ishlagan, so’ng Lyublyana bankining Trbovledagi bo’limi direktori, 1982 yildan Yugoslaviya sosialistik Federativ Respublikasi (YuSFR) ning Misrdagi elchixonasida maslahatchi yordamchisi, 1984-89 yillarda YuSFR Skupshchinasi (parlamenti) deputati, 1989 — 90 yillarda YuSFR Prezidiumi raisi, 1992 yil martdan Sloveniya Liberal-demokratik partiyasi (1994 yildan Sloveniya Liberal-demokratiya partiyasi) raisi, 1992 yil dekabr — 2000 yil aprel va 2000 yil noyabr — 2002 yil dek.da Sloveniya Respublikasi bosh vaziri, 2002 yil dek.dan Sloveniya Respublikasi prezidenti. Boston. Illinoys universitetlari, Yevropa fan va san’at akademiyasining faxriy doktori.