EFEMERID VAQTI

EFEMERID VAQTI — astronomiyada qo’llaniladigan maxsus vaqt; sayyoralarning efemeridalarmni hisoblashda qo’llaniladi. Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi notekis bo’lganligi sababli, o’rtacha sutkalar ham notekis kechadi. Shuning uchun astronomiyada yerning notekis aylanishi bilan bog’liq bo’lgan vaqt qatorida, oy va sayyoralarning harakatidan aniqlanadigan va tekis o’tadigan Efemerid vaqtidan foydalaniladi va bu vaqt Nyuton vaqti yoki Efemerid vaqti deyiladi. Efemerid vaqti 1950 yil fundamental doimiyliklarga bag’ishlangan Parij konferentsiyasida qabul qilindi, 1960 yildan boshlab Quyosh, oy, sayyoralar va ularning tabiiy yo’ldoshlari efemeridalarini hisoblashda joriy etila boshlandi. Efemerid vaqtidan erning o’z o’qi atrofida aylanishidan aniqlanadigan dunyo vaqtita o’tish tuzatmalari (AT) maxsus astronomik yilnomalarda berib boriladi.