EL GREKO
EL GREKO (asli Teotokopuli, Tpeoyusorin) Domeniko (1541, Krit oroli 1614.7.4, Toledo) ispan rassomi; kelib chiqishi FEK. Dastlab Krit orolida mahalliy ustalardan ikona san’atini o’rgangan, 1560-70- yillarda Venesiya, Rimda ishlagan, Tisian, Mikelanjelo, Tintoretto va boshqalardan ta’sirlangan, realistik asarlar yaratgan (“ko’rning shifo topishi”, taxm. 1565, Drezden kartinalar galereyasida va boshqalar). 1577 yildan Ispaniya (Toledo)da yashagan. El Greko asarlarida illyuziyali cheksiz tasviriy kenglikda yer va osmon chegarasi yo’qoladi, keskin rakurslar va notabiiy uzaytirilgan proportsiyalar goh paydo bo’luvchi, goh teranlikda g’oyib bo’luvchi o’zgaruvchan shakllarni yaratadi (“Avliyo Mavrikiyning iztiroblari”, 1580-82; “graf Orgasni dafn etish”, 1586-88, Toledodagi Santotome cherkovida; “Muqaddas oila”, taxminan 1590-95, Klivlenddagi San’at muzeyida va boshqalar); reflekslarning ko’pligi, keskin ranglarning notekis o’yiniga asoslangan kolorit muhim o’rin tutadi. Portretlariga ehtirosli obraz qurilishi xos (“Bosh inkvizitor Nino de Gevara”, 1600— 01, Metropolitenmuzeyda; “noma’lum risar portreti”, 1578-80, pradoda va boshqalar).