ELEKTR STANTSIYASI

ELEKTR STANTSIYASI — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stantsiyalari (IES, bug’turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stantsiya, shamol elektr stantsiyasi, gidroakkumulyasiyalovchi elektr stantsiyasi, ko’tarilish suv elektr stantsiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga bo’linadi. Atom elektr stantsiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr stansiyalari va gelioenergetika stansiyalari issiqlik elektr stansiyasi jumlasiga kiradi. Geotermal Elektr stantsiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bug’turbinali Elektr stantsiyasidir. Vulkanli hududlarda 2000-3000 metr yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori bo’ladi. Geotermal Elektr stantsiyasida suvbug’aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bug’ ajratiladi. Bug’ turbinaga, issiq suv iste’molchilarga beriladi. Bunday stansiyalar Rossiya, Italiya, yangi Zelandiya, AQSh va Yaponiyada ishlatiladi. Issiqlik Elektr stantsiyasi elektr energetikaning asosi hisoblanadi. Birinchi qudratli elektr stansiya birlamchi energiya manbalari yaqiniga qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq iste’molchilarga faqat uch fazali o’zgaruvchan tok asosidagina uzatish mumkin. Shunday elektr stansiyalarning birinchisi 1891 yil M. O. Dolivo-Dobrovol’skiy tomonidan Laufen shahri (Germaniya)da qurilgan. U suv turbinasining quvvati 300 o.k.ga teng gidroelektr stansiya bo’lgan. O’zbekistonda 20- asr 10-yillarida barcha elektr stansiyalarning umumiy quvvati 3000 kVt dan oshiqroq edi. 1920-30-yillarda Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqalar shaharlarda yirik dizel elektr stansiyalari qurildi. O’zbekistonda qurilgan birinchi gidroelektr stansiya — Bo’zsuv 1 1926 yil 1 mayda ishga tushirilgan. Keyinchalik birinketin GESlar va IES lari qurilgan. O’zbekistonda 20 ta issiqlik va 27 ta gidroelektr stansiyalari bor; ular yiliga 52 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi (2005).