ELTUVCHI RAKETA
ELTUVCHI RAKETA — foydali yuklar (yer sun’iy yo’ldoshlari, kosmik kemalar, sayyoralararo avtomatik stansiyalar, orbital stansiya va boshqalar) ni koinotga eltuvchi ko’p bosqichli (2-5 bosqichli) boshqariladigan raketa. Eltuvchi raketa foydali yukka 1 yoki 2 kosmik tezlikka teng bo’lgan tezlik beradi. Uchish davomiyligi 17 minut, start massasi 3000 tonna. Eltuvchi raketalar quyidagi sinflarga bo’linadi: yengil (5 tonnagacha), o’rta (5-20 tonna), og’ir (20-100 tonna), o’ta og’ir (100 tonnadan ortiq). Yengil sinfga “Kosmos”, “Skaut”, “Toreybl”, “Avangard”, “Toraddelta”, “Torajena”; o’rta sinfga — “Vostok”, “Soyuz”, “Titanzs”, “Titanze”, “Saturn1v”; og’ir sinfga “proton”, o’ta og’ir sinfga “Saturn5” kiradi. Eltuvchi raketa yonilg’isining tashkil etuvchilari sifatida suyuq kislorod, kerosin, azot (IV) oksid va nosimmetrik dimetilgidrazin va boshqalar ishlatiladi. Barcha E.r.ning massasi kichik va yonilg’i zaxirasi ko’p (yonilg’i massasi raketa startoldi massasining 58 — 90% ini tashkil etadi).