EMANATSIYA
EMANATSIYA (lotincha etapagyu — ajralib chiqish, tarqalish) — diniy-falsafiy termin. Bunga ko’ra, moddiy olam ilohiy ibtido (Xudo)dan asta-sekin, bosqichmabosqich ajralib chiqadi. Emanatsiya haqida ham materialistik (Empedokl, Levkipp, Demokrit), qam idealistik (Platon, Aristotel, Plotin) ta’limotlar ilgari surilgan. Emanatsiya haqidagi materialistik ta’limot ma’lum darajada deyarli barcha qadimiy naturfalsafa uchun xos bo’lgan. Masalan, Empedokl ko’rishni bizning qissiy organlarimizning qo’zg’alishiga mos tushuvchi elementlarning ajralib chiqishi, tarqalishi deb tushuntirgan. Idealistlar fikricha, g’oyalar olami tufayli moddiy olam vujudga kelgan. Yaqin va O’rta Sharqda Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd hamda mutasavviflar — Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Sh. Suhravardiy va boshqalarning falsafiy qarashlarida ilgari surilgan Emanatsiya to’g’risida ta’limot panteizmnit rivojlanishiga ta’sir qilgan.