EMIGRATSIYA
EMIGRATSIYA (lot. emigro – ko’chish, ko’chib ketmoq) — aholining muayyan mamlakatdan boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik yashash uchun (ixtiyoriy yoki majburiy) iqtisodiy, ijtimoiy (ko’pincha diniy) va siyosiy sababga ko’ra ko’chib ketishi. Emigratsiya, asosan, kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo’lib, u yerdagi ishsizlik va boshqalar iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy va milliy tengsizlik, siyosiy, diniy va boshqalar ta‘qiblar tufayli sodir bo’ladi. Emigratsiya mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga bevosita ta‘sir etadi. Emigratsiya tushunchasi uchun yagona ta‘rif mavjud emas, har bir davlatning o’z mezonlari bor. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda har bir fuqaroning xohlagan davlatni, jumladan, o’z mamlakatini ham tark etish huquqi nazarda tutilgan.