ENTROPIYA
ENTROPIYA (Yunoncha — aylanish, o’zgarish) -1) termodinamikada — har qanday termodinamik tizimning holat funktsiyalaridan biri. O’z holiga qo’yilgan (tashqi kuch ta’sir etmayotgan) berk tizimda jarayon qaysi yo’nalishda sodir bo’lishini ifodalaydi. Termodinamikaning II qonuni jarayonlarning yo’nalishini avvaldan aytib berish imkoniga ega emas. Bu qonunni ta’riflagan R. Klauzius 1865 yilda jarayonlarning bir tomonlama kechishiga olib keluvchi cheklashni tahlil qilib, 8 funktsiyani kiritdi va uni Entropiya deb atadi; 2) statik fizikada — tizim holatining termodinamik ehtimolini ifodalovchi kattalik. E.ning xossalari: 1) tajriba natijasi to’g’ri bo’lsa, ya’ni R larda birontasi birga, qolganlari nolga teng bo’lsa, noaniqlik o’lchami — Entropiya ham nolga teng bo’ladi; 2) tajriba natijalari teng ehtimolli bo’lsa, Entropiya maksimal qiymatga ega bo’ladi; 3) bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki tajriba Entropiyasi ularning Entropiyalari yig’indisiga teng.