FAKSIMILE
FAKSIMILE (lotincha fac simile — aynan bajar) — 1) yozilgan, chizilgan asl nusxa (hujjat, qo’lyozma, imzo, birorbir manzara, tasvir)ni fotografik yoki bosma usul bilan aynan aks ettirish; 2) aks (o’z qo’li bilan qo’yilgan) imzoni aniq aks ettiruvchi bosma shakl; klishe—muhr.