“FERUZ”

“FERUZ” — Xorazm maqomlarining Navo maqomi pardalari asosida yuzaga kelgan mumtoz ashulalar turkumi. Ogahiyning “vah ne balodur bilmadim, ey Dilrabo, qoshu kuzing” g’azaliga bog’langan “eski Feruz” (“Feruz” II deb ham yuritiladi) Muhammad Rahim I davrida yaratilgan. Avj qismida Xorazm Doston kuy (noma)laridan “nolish”ning cholg’u muqaddimasi ishlatilgan. “Feruz” I “eski Feruz”ga nisbatan hajman yirik, avjlari baland. U oldin Feruz g’azali “bazmimga keldi ul pari…”ga solib uqilgan. Keyinchalik xonning o’zi “Feruz” I ni ustozi Ogahiyning “mushkin Qoshingni hay’ati ul chashmi jallod ustina” g’azali bilan aytilishini amr etgan. Ikkala “Feruz””uch chorakli o’lchovda rivojlangan “zarbul qadim” usulida ijro etiladi. Ularga savtlar ham bog’langan. Ba’zi taxminlarga ko’ra, mazkur savtlar Muhammad Rahim II saroyi maqomchisi Matyoqub fozachi ijodiga mansub. Savti Feruz I murakkab tuzilishga ega. Uning Ufari jo’shqin, shiddatli doira usuliga bog’langan. Ufarning o’rta pardalarida hofizdan ovoz mahoratini talab etiladigan oktava sakrashlari mavjud. Savti Feruz I ning H. Boltaev va R. Jumaniyozovlar hamnafasligida ijro etilgan namunasi mashhur. Savti Feruz II ning ohanglari naqshi navoning aynan uziga o’xshasa ham, kuy tuzilishi undan farq qiladi. U Savti Feruz I ga qaraganda shuxchan va jozibaliroq. K. Otaniyozov, M. Rahimov, N. Yusupova, A. Vafoev, O. Xudoyshukurov, J. Nabiev va boshqalar. “Feruz” turkumining mashxur ijrochilaridir. Botir Matyoqubov.