FITOSENOZ

FITOSENOZ (fito… va tsenoz), o’simliklar jamoasi — nisbatan bir xil sharoitda bir-biriga moslashib, jamoa bo’lib yashaydigan o’simliklar majmui. Har bir Fitosenoz o’ziga xos tarkib va tuzilmaga ega. Flagi o’simliklar hayvonlar va tashqi muhit bilan o’zaro bevosita bog’langan. Ba’zi Fitosenozlar inson ta’sirida yoki uning bevosita ishtirokida mavjud bo’ladi (masalan, Agrofitosenoz). Fitosenozni tashkil qiluvchi o’simliklar o’z hayot faoliyatida muhitga katta ta’sir ko’rsatadi va uni o’zgartira oladi. Har xil o’simlik guruhlarining Fitosenozdagi roli bir xil emas. O’simliklar tashqi muhitdan o’zi uchun zarur bo’lgan moddalarni o’zlashtiradi, tashqi muhitga esa moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqaradi, Fitosenoz tuprog’i va uning sirtida o’simlik qoldiklari chirib, tuproq tarkibini o’zgartiradi; o’simliklar va transpirasiya ta’sirida o’ziga xos fitoiqlim hosil qiladi. Fitosenoz biosenoz va biogeosenozning eng faol qismi hisoblanib, quyosh nuri energiyasi va atmosferadagi azotni o’zlashtiradi; hayvonlar bilan birgalikda energiya o’zgarishi va moddalarning aylanish jarayonlarida qatnashadi. Fitosenoz organik moddalarning asosiy yaratuvchisi bo’lib, geteroshrof organizmlar, shu jumladan, inson uchun oziq moddalar va energiya manbai hisoblanadi. Fitosenoz doimiy bo’lmasdan uning tarkibi va tashqi ko’rinishi yillar va yil fasllari davomida o’zgarib boradi. Natijada bir xil turlar o’rnini boshqalari egallaydi; bir Fitosenoz boshqasi bilan almashinadi, ya’ni suktsessiya ro’y beradi. Fitosenoz haqidagi ta’limot fitosenologiya deb ataladi.