FITOTRON
FITOTRON (fito… va throns — makon, turar joy) — o’simliklarni sun’iy boshqariladigan sharoitlarda o’stirishga mo’ljallangan bino. Oddiy Fitotron vegetatsiya shkafidan, murakkabrog’i vegetasiya kamerasidan, mukammali ko’p kamerali (xonali) sun’iy iklim styasidan iborat. Fitotronda hayot omillarini o’zgartirish orqali o’simliklarda kechadigan jarayonlar yorug’lik, tuproq va havo namligi, muhit harorati va boshqa omillarga bog’liq holda yil bo’yi o’rganiladi. Fitotronda turli iklimiy sharoitlarni qosil qilish, yiliga bir necha marta hosil olish bilan selektsiya va boshqa ilmiy tadqiqot jarayonlarini tezlashtirishga erishish mumkin. Dastlab Fitotron 1949 yilda AQSh (Kaliforniya) da barpo etilgan. O’zbekistonda birinchi Fitotron 1987 yilda O’zbekiston g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida ishga tushirildi. Bu Fitotron majmuining umumiy maydoni 22 gektar, uning tarkibida maydoni 1500 metr kvadrat bo’lgan selektsion issiqxona; har birining maydoni 36 metr kvadrat bo’lgan 14 boks selektsiya issiqxonalari, reproduktsion issiqxona (maydoni 2 gektar); laboratoriya ishlab chiqarish korpusi va iqlim kamerali zal va boshqa yordamchi inshootlar tarmog’i bor. Fitotronni yoritishda katta quvvatli isitish lampalari ishlatiladi. Fitotronning o’simliklar o’sadigan zonasida havo harorati 18°-32° atrofida, havo namligi 60-75% ni tashkil etadi.