FLEKSIYA

FLEKSIYA (lotincha flexio — egilish, bukilish; bukik) — so’z o’zgarishlarida namoyon bo’ladigan grammatik kategoriyalar majmui ko’rsatkichi; shunday ko’rsatkichlardan foydalanadigan so’z o’zgarishi tizimining o’zi. Fleksiyada qo’shimchalar qo’shilishi yoki o’zakdagi ba’zi tovushlarning o’rin almashinishi natijasida so’zlar dastlabki shaklini yo’qotadi yoki o’zgartiradi. Ichki va tashqi Fleksiya farqlanadi. Ichki Fleksiya so’z o’zgartirishning shunday usuliki, unda suz shakllari asos tarkibidagi tovushlarning o’zgarishi orqali hosil qilinadi. masalan, Arab tilidagi “kataba” (u ezdi) so’z shakli ktb o’zagiga hamda grammatik ma’no ifodalovchi aaa unlilariga (harf sifatida emas, diakritik belgi bilan ko’rsatiladigan qisqa unlilarga) ajratiladi [qiyoslang: “kutiba” — yozilgan (uia) “maktaba” — kutubxona, kitob do’koni (yana aaa)]. Ko’rinadiki, ichki Fleksiya nafaqat grammatik shakllarning hosil bo’lishiga, hatto suz yasalishiga xizmat qiladi. Tashqi Fleksiya sintetik affikslardan foydalanuvchi so’z o’zgarishi (masalan, rus tilidagi pole, polya, poley va shu kabilar. Morfologiyasida asosan Fleksiyadan foydalanuvchi tillar flektiv tillar deb ataladi.