FOMA AKVINSKIY

FOMA AKVINSKIY (Foma Akvinat; Thomas Aguinas; 1225 yoki 1226, Akuino yaqinidagi Rokkasekka qal’asi — 1274.7.3, Janubiy Italiya, Fossanuova monastiri) — o’rta asr faylasufi va sxolastteolog, tomizm asoschisi. 1244 yildan dominikochilar ordeni monaxi. 1257 yili doktorlik darajasini olgan. Foma Akvinskiyning ob’yektividealistik falsafiy tizimi din va aql uyg’unligi tamoyiliga asoslangan bo’lib, Aristotel ta’limotini ilohiy jihatdan talqin qilish natijasida vujudga kelgan. Foma Akvinskiy tabiiy borliqning va inson aql-idrokining nisbiy mustaqilligini e’tirof qilib (tabiiy huquq kontsepsiyasi va boshqalar), tabiat Xudoning marhamatida, aіuіidrok e’tiqodda, falsafiy bilish va tabiiy ilohiyot esa g’ayritabiiy vahiyda yakunlanadi, deb hisoblagan. 1323 yili Foma Akvinskiy avliyolar qatoriga qo’shilgan, 1879 yil esa uning ta’limoti katolisizmnint birdan bir chin falsafasi deb e’lon qilingan. Asosiy asarlari: “majusiylarga qarshi to’plam” (1261-64), “ilohiyot to’plami” (1265-73) va boshqalar.