FORS QO’LTIG’I NEFT-GAZ HAVZASI

FORS QO’LTIG’I NEFT-GAZ HAVZASI, Mesopotamiya havzasi — shimoli g’arbdan Janubi sharqqa (shimolda Sharqiy Tavr tog’oldilaridan Janubi Sharqda Arab dengizigacha) 2500 kilometr masofaga cho’zilgan. Neft va gaz konlari Perm, yura, bo’r, paleogen va neogen davrlariga oid gumbaz va kumtoshlar b-n bog’liq. Neft va gaz konlarining strukturasi gumbaz va braxiantiklinallardan xamda valsimon ko’tarilmalardan iborat. Neft va gaz to’plamlarining katta kismi, asosan, 1800-3000 metr chuqurlikda. Fors qo’ltig’i neft-gaz havzasi dunyoda eng katta havzalardan bo’lib, Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Ummon, BAA, Quvayt, Bahrayn va Katar davlatlari, qisman Turkiya va Suriya hududida joylashgan; havzaning kichikroq Janubiy Sharqiy qismini Fors qo’ltig’i suvlari egallagan. Umumiy maydoni 1 million km2, shu jumladan, 300 ming km2 akvatoriyadan iborat. Fors qo’ltig’i neft-gaz havzasi — neft va gazning noyob kontsentrasiyali oblasti, 1940-yillardan boshlab dunyoning neft qazib chiqaruvchi regionlari orasida yetakchi mavqega ega. Birinchi neft koni MasjidiSulaymon 1908 yilda topilib, 1911 yildan ishga tushirilgan, birinchi gaz koni Fors 1965 yilda ochilgan. Fors qo’ltig’i neft-gaz havzasida 400 dan ziyod neft va gaz hamda 55 gaz konlari, shu jumladan, 36 neft va 6 gaz gigant konlari mavjud bo’lib, har biri 300 million tonna neft va 500 milliard metr kub gazning boshlang’ich zaxirasiga ega. Yirik neft konlari: katta Burgan (9140 million tonna), Gavar (10136 million tonna), Rumayla va shimoliy Rumayla (3783 million tonna), Saffaniyaxafji (3451 million tonna); gaz konlari — Kengan (820 milliard m3), Fors (2120 milliard m3), Shimoliy (6000 milliard m3 gacha) va boshqalar.