FOSGEN

FOSGEN, karbonat kislota dixl orangidridi , SOS12 — chirigan pichan hidi keladigan rangsiz gaz. Molekulyar modda 96,92. Suyuqlanish temperaturasi — 188°, qaynash temperaturasi 8,2°; bug’larining havoga nisbatan zichligi 3,5; suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazsimon Fosgen havo nami ta’sirida sekin, suvda esa tez gidrolizlanadi. Fosgen So ga S12 (faollangan kumir ishtirokida) ta’sir ettirib olinadi. Fosgen — juda zaharli modda, nafas yo’llariga kuchli ta’sir etadi. Fosgen ta’sir etganda gaz almashinuvi buziladi, kislorod etishmaydi, qon quyuklashadi va iviydi, qon aylanishi qiyinlashadi. Kuchsiz zaharlanganda bronxlar zararlanadi, kuchli zaharlanganda nervpsixik zararlanish ham ro’y beradi. Birinchi jahon urushida (1914-18) Fosgen bo’g’uvchi zaharlovchi moddalar sifatida ishlatilgan. 0,005 mg/l Fosgen xavfli; 0,1—0,3 mg/l Fosgen 15 minutda odamni o’ldiradi. Fosgendan saqlanish uchun protivogaz kiyish kerak.