FOTODAVRIYLIK

FOTODAVRIYLIK —o’simliklar va hayvonlarda kechakunduzning yorug’ (kun uzunligi) va qorong’i (tun uzunligi) davrlari nisbatlariga, ularning uzunqisqaligiga javob reaktsiyasi; o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi jarayonlari o’zgarishlarida namoyon bo’ladi. Fotodavriylik ekologik omil sifatida turning yashash imkoniyatini belgilaydi. Ontogenezning tashqi sharoitlardagi mavsumiy o’zgarishlariga moslashishi bilan bog’liq holda evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan. Kun uzunligi o’simliklarda yilning davri(mavsum) ko’rsatkichi va gullashga o’tish yoki noqulay mavsumga tayyorgarlik uchun tashki signal bo’lib xizmat qiladi. O’simlikning fotodavrga reaktsiyasini barglardagi maxsus pigment — fotoxrom (F730) nazorat qiladi. Fotodavriylik o’simliklarning gullash jarayonida yorqin ko’rinadi. Yorug’lik va qorong’ulikdan ta’sirlanish tarzida o’simlik bargida gullashga rag’bat beradigan gormonlar kompleksi hosil bo’ladi. Gullashni uyg’otadigan, ya’ni fotodavr bo’yicha o’simliklar uzun kun o’simliklari (boshokli galla ekinlari), qisqa kun o’simliklari (g’o’za, sholi, tariq, nasha, soya va boshqalar) hamda betaraf (neytral) o’simliklar (marjumak, no’xat va b.)ga bo’linadi. Uzun kun o’simliklari, asosan, mo”tadil va qutb atrofi kengliklarida, qisqa kunliklari — subtropiklarga yaqin kengliklarda tarqalgan. Fotodavriylik o’simlikdagi boshqa morfologik (tuganaklar, piyozlar, ildizmevalar, poyalar paydo bo’lishi) va fiziologik (o’sish jadalligi va shakli, va tinim davri, xazonrezgilikning boshlanishi va b.) jarayonlarga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. O’simlik turlari u yoki bu fotodavriy guruhlarga mansubligi bo’yicha, navlar va liniyalar esa Fotodavriylik reaktsiyasining yuzaga chiqishi darajasi bo’yicha farklanadi. Bu hol navlarni rnlashtirishda, shuningdek, yorug’likda o’stirish va o’simliklarni himoyalangan erlarda o’stirishda hisobga olinadi. Hayvonlarda Fotodavriylik kuyikish davri muddatlari, kuzgi va bahorgi tullash, kishki uyquga ketish, tuxum qo’yish va b.ga ta’sir ko’rsatadi, genetik jihatdan biologik ritmlar bilan bog’liq. Fotodavriylik reaktsiyasidan foydalanib qishloq xo’jalik hayvonlari rivojlanishini boshqarish mumkin (masalan, parrandachilikda kuzqish mavsumida kun uzunligini sun’iy uzaytirib tuxum qo’yish davrini cho’zish mumkin). Ad.: Skripchinskiy V.V., Fotoperiodizm — ego Proisxojdenie i evolyusiya, L., 1975. Abdukarim Zikiryoev.