FOZILOV HOSIL FOZILOVICH

FOZILOV HOSIL FOZILOVICH (1909.28.8 Toshkent 2003.8.3) energetik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1956). O’zbekistonda xizmat kursatgan fan va texnika arbobi (1959); O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan energetik (1989). Texnika fanlari doktori (1953), professor (1954). O’rta Osiyo industrial institutini tugatgan (1934). Toshkent politexnika institutida assistent (193537), ToshPIda kata o’qituvchi, dotsent (194047), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi katta ilmiy xodimi (1947-56), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi energetika instituti direktori (1956-62), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1956-62), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi texnika bo’limi boshlig’i (1962— 63), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi energetika va avtomatika instituti laboratoriya boshlig’i (1963— 69), ToshTU kafedra mudiri (1969— 93), kafedra professor (1993 yildan). Fozilov elektr tizimlari rejimlarini tahlil qilish nazariyasining asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish muammolarini hal etish, elektr energetikasini rivojlantirish muammolariga bag’ishlangan. Uning rahbarligida respublikaning elektr energetika resurslarini o’zlashtirish loyihalari ilmiy jihatdan asoslab berildi, elektr tizimlarini hisoblash algoritmi yaratiddi. Fozilov respublikaning energetika va suv muammolarini yechishga katta hissa qo’shgan. As: optimizatsiya rejimov elektroenergeticheskix sistem, T., 1987; Ustanovivshiesya rejimi elektroenergeticheskix sistem i IX optimizasiya (v soavtorstve). T., 1999. Ad.: Hosil Fozilovich Fozilov (bibliografiya), T., 1984. Fozilova Oltinoy (1947.25.10, Jizzax tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Tosh – kent pedagogika intini tugatgan (1969). 1969 y.dan Jizzax tumanidagi 5, 1981 y.dan 4maktabda kimyobiol. o’qituvchisi.