FUQAROLIGI BO’LMAGAN SHAXSLAR
FUQAROLIGI BO’LMAGAN SHAXSLAR, apatridlar — muayyan mamlakatning fuqarosi hisoblanmaydigan va biron chet davlat fuqaroligiga man-subligini isbotlaydigan dalillari bo’lmaganshaxslar.Shaxs o’z fuqaroligini yo’qotgan va yangidan fuqarolik huquqini olmagan vaktda fuqarosizlik kelib chiqadi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar soni ko’payganligi tufayli Fuqarosizlikni kamaytirish va Fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan bir qancha xalqaro konventsiyalar qabul qilingan (masalan, Fuqarosizlikni kamaytirish to’g’risidagi 1961 yilgi Konventsiya, erga tekkan ayolning fuqaroligi to’g’risidagi 1957 yilgi Konventsiya). O’zbekistonda Fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquqiy holati “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi qonun (1992 yil 2 iyul)da o’z ifodasini topgan. O’zbekiston Respublikasida yashab turgan, lekin O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi bo’lmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan Fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga mo’ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqarolar kabi shaxsiy, ijtimoiyiqtisodiy huquqlardan teng foydalanadilar, biroq siyosiy huquqlardan foydalana olmaydilar: oliy va mahalliy vakillik organlariga saylana olmaydilar; davlat hokimiyatining boshqaruv organlarida ishlashlari, shuningdek, harbiy xizmatni o’tashlari mumkin emas.