Gabr qal’a
Gabr qal’a, gavr qal’a-O’rta Osiyodagi qadimgi qal’alar xarobasi. Islom dini tarqalgunga qadar (VIII asr) O’rta Osiyo aholisi otashparastlik (zardo’shtiylik) diniga e’tiqod qilgan bo’lib, ularni “gabr” yoki “mug’” deb ataganlar. Gabrlar xo’jalik va harbiy mudofaa uchun ko’plab qal’a hamda qo’rg’onlar barpo etganlar. Otashparastlarning qal’a va qo’rg’onlari vayronaga aylanib, asl nomi yo’qolib ketgach, aholi o’rtasida ular Gabr qal’a yoki “gabrlar qal’asi” deb ataladigan bo’lgan. Arxeologik qazishmalar natijasida O’rta Osiyo hududida shunday qal’alarning o’nlab qoldiqlari topib o’rganilgan.