Gadoylik ordenlari
Gadoylik ordenlari-katolik monaxlari ordenlari. Papalikning faol yordamida kambag’allikni targ’ib qilish va a’zolarining taqvodorlik bilan hayot kechirishini namuna sifatida ko’rsatish orqali tez tarqalib borayotgan yeretiklikni bartaraf etish mumkin degan maqsad bilan XIII asrning 1-yarmida tashkil etilgandi. Gadoylik ordenlari monarxlari o’z nizomiga muvofiq shaxsiy mol-mulkka, uy-joyga ega bo’lmas va sadaqa orqaligina kun kechirardilar. Kambag’allikda yashash ahdiga hamma vaqt ham rioya qilinavermaydi. Gadoylik ordenlari kunda ham mavjud, ammo ular faqat nomigagina “gadoylik qiluvchilar”, xolos. 1964 yili Gadoylik ordenlarining barcha ko’rinishlarida 79 133 kishi bor edi.