Gafniy

Gafniy (lot. Hafnium), Hf – Mende- leev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 72, at.m. 178,49. Massasi Hf74, Hf176, Hf”, Hf78, Hf” va Hf180 ga teng izotoplar ara- lashmasidan tashkil topgan. Sun’iy izo- toplaridan eng muhimlari Hf7S va Hf”. Gollandiya olimi D. Koster va Vengriya olimi g. Xeveshi 1923 y.da bu elementni erkin holda oldilar va Kopengagen (lot. Hafhia) shahri sharafiga g. deb atadilar. G. tarqoq element, asosai tsirkoniy mi – nerallariga aralashgan holda uchraydi. Og’irlik jihatidan er po’stining (3-4) 10~4% ini tashkil etadi. U kumushdek kulrang, yaltiroq, yaxshi bolg’alanuvchan va cho’ziluvchan metall, zichligi 13,82 g/sm3 (20° da), suyuqlanish t-rasi 2222±30°, qaynash t-rasi 5400°. Oddiy sharoit- da turg’un, chunki yuzasida hosil bo’lgan metall oksidi uni keyingi to’la oksid- lanishdan saqlaydi. G. suvda, ishqor va ammiak eritmalarida erimaydi. NS1 va H3SO4 da juda sekin eriydi. Yuqori t-Rada galogenlar, azot, uglerod, krem- niy vag vodorod b-n birikadi. Azot b-n 700-800° da nitrid HfN, galogenlar b-n 200— 400° da tetragalogenidlar, uglerod b-n 1800-2000° da karbid NGS, kremniy b-n 1000° da silisidlar Hf2Si, Hf5Si, HfSi va HfSi2, vodorod b-n 350-400° da gi- drid HfH2 hosil qiladi. Birikmalarda +2 va +3 valentli bo’lishi ham mumkin, lekin asosiy valentligi +4 ga teng. G. tuzlarining suvdagi eritmalari gidro- lizlanganida murakkab polimer va ko’p yadroli kompleks ionlar hosil bo’ladi. Gafniy dioksid, NGO2 — oq kristall modda; zichligi 9,68 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 2780°. Suvda erimaydi, kontsen- trlangan NS1 va HNO3 ta’siriga be- rilmaydi, kontsentrlangan ftorid va sulfat kislotalar, suyuqdantirilgan ishqorlar b-n reaktsiyaga kirishadi. Umumiy formulasi HfO2 xH2O bo’lgan o’zgaruvchan tarkibli kristall yoki gelsimon birikmalar; hosil qiladi. G.ning nitridi, boridi, karbidi o’ta qattiq, mo’rt va elektr o’tkazuvchan mod- dalardir. G.dan elektron lampalarining katodlari va maxsus qotishmalar tayyor- lanadi, yadro texnikasida neytron zarra- larini yutuvchi modda sifatida, organic moddalarni sintez qilishda kataliza- torlar sifatida qo’llaniladi.