GAGARKA

GAGARKA (Alca torda) — chistiklar oilasiga mansub dengiz qushi. Kattaligi xonaki o’rdaqdek, usti qoramtirqo’ng’ir, qorni oq. Suvda yaxshi suzadi va sho’ng’iydi, yerda yura olmaydi. Quruqlikka faqat tuxum qo’yish uchun chiqadi. Shimoliy Atlantikaning mo’tadil kengliklaridagi Yevropa hamda Amerika qirg’oqlarida va orollarida tarqalgan. Dengiz qirg’oqlari hamda orollardagi baland jar va qoyalarga koloniya bo’lib uya soladi, bunday joylar “qushlar bozori” deb ataladi. Bitta tuxum qo’yadi, uni nari bilan modasi galma-galdan bosadi. Gagarka mayda baliqlar bilan oziqlanadi.