Gajjak
Gajjak (forscha)-me’morchilikda ravoqlar ko’ndalang kesishishi natijasida paydo bo’lgan qalqonsimon shakl. Xona devorlari ustiga, ravoqlar qatori orasiga ishlanadi. Gajjak yordamida xona devorlariga o’rnatilgan ravoqlar orasining kengligiga bog’liq bo’lib, kichik binolarda Gajjak kesmasining har tomoni 8-12 santimetrga baravar bo’ladi. Gajjakning uchlari bir-biriga va negizlari ravoqlarga tiralib turadi. B’azan ravoq oralariga Gajjak o’rnatilmay, hoshiya g’ishtlari gumbaz negiziga moslab teriladi. Gajjakning ustma-ust ishlangan murakkab turi ham keng qo’llanilgan. Gumbaz ostidagi xalqa devor ravoq bilan Gajjakning tepasidan o’tadi, shu sababli Gajjak poyalari ravoq yoyining taxminan yarim balandligiga tiralib, uchlari esa ravoq uchlari bilan bir xil balandlikda bo’lishi lozim.