Galliy
Galliy (Gallium), Ga — Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 31; at.m. 69,72; barqaror izotoplari: Ga””(61,2%) va Ga71(38,8%). Sun’iy radioaktiv izotoplaridan Ga72 (yarim emirilish davri 14,2 soat) radioaktiv indikator sifatida qo’llaniladi. G.ni 1875 y.da frantsuz kimyogari Lekok debuabodran kashf etgan va Frantsiyaning lotincha nomi b-n “galliy” deb atagan. G. kumush kabi oqish-kulrang metall. Tabiatda Nodir minerallar: zengeit Ga(OH)3 gallit CuGaS2 va b. holida uchraydi. G. Er po’stlog’ida og’irlik jihatidan 1,8-10-3%, dengiz va okean suvlarida 3-1O”5% ni tashkil qiladi.Atom radiusi 0,139 nm-. Qattiq G.ning zichligi 5,904 g/sm3 (20° da), suyuqlanish t-rasi 29,5°; qay-nash t-rasi 2205°. G. kimyoviy xossalari jihatidan alyuminiyga juda o’xshaydi, havoda keyingi oksidlanishdan himoyalovchi oksid parda b-n qoplanadi. Bosim ostida qizdirilganda g. suv b-n birikib gidroksid hosil qiladi. Galliy gidroksid Ga(OH)3 amfoter. G. oddiy sharoitda mineral kislotalar b-n ta’sirlanib tuzlar, ishqor eritmalari yoki ishqoriy metallar karbonatlari b-n reaktsiyaga kirishib gid-roksogallatlar beradi. Xona t-rasida xlor va ftor b-n, brom b-n esa -35° dayoq (20° da — alangalanish b-n), qizdirilganda yod b-n reaktsiyaga kirishadi. Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor b-n birikmalar hosil qilmaydi. G. ko’pgina metallar b-n gallidlar hosil qiladi. Ulardan ahamiyatlilari NbGa va Y3Ga dir. G. margimush, fosfor, surma b-n birikib, tegishli galliy arsenid, galliy fosfid, galliy antimonid, oltingugurt, selen va tellur b-n 600-1100° da xalkogenidlar hosil qiladi. Ga2S3 — oq (zichligi 3,650 g/sm3), och sariq (3,74 g/sm3) yoki to’q sariq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 1125°. Ga2S2 — sariq rangli kristall modda, suyuklanish t-rasi 1015°; zichligi 3,75 g/sm3. Ga2Se2— to’q qizil kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 960°, zichligi 5,03 g/sm3; yarimo’tkazgich sifatida qo’llaniladi. Ga2Te3— qora rangli kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 810°; zichligi 5,582 g/sm3. G. va uning birikmalariga 1050-1200° da ammiak ta’sir ettirib galliy nitrid GaN olinadi. Uning suyuklanish t-rasi -1700°; zichligi 6,1 g/sm3; radiotexnikada, dielektrik qoplamalar tayyorlashda va istiqbolli lazer material sifatida qo’llaniladi. G., asosan, alyuminiy va rux xom ashyolarini qayta ishlashda hosil bo’ladigan chiqindilardan olinadi. G. yuqori t-ralarni o’lchaydigan termometrlar, yarimo’tkazgichlar, maxsus optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi. Rustam Ma’rupov.