Gamma tunlami

Gamma tunlami (Phytometra gamma L.) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 40-48 mm; oldingi qanotlari to’q qo’ng’ir yoki kulrangroq bo’lib, yunon harfi — gamma (u) shaklidagi kumushsimon dog’i bor (nomi shundan); Rossiyaning Evropa qismida, Kavkaz, Markaziy Osiyo va b. erlarda tarqalgan. Juda ko’p ekinlar: dukkaklilar, sabzavot, makkajo’xori va b.ni zararlaydi. Tuxumi tiniq oq, yarim shar shaklida, radial joylashgan qirralari bor. Qurti (uz. 40 mm cha) yashil rangda, uch juft qorin oyoqlari bor (shu b-n boshqa tunlamlarpyan farqlanadi). Kurt, g’umbak va kapalak holida qishlaydi. G.t. larining ko’plab uchib chiqishi harorat 20° va undan ortiq bo’lganda kuzatiladi. Kapalaklari tuxumini 1-2 tadai (hammasi bo’lib 500-1400 gacha) begona o’tlar, shuningdekyo’ng’ichqa,no’xat,sholg’om,kartoshka va b. o’simliklarning bargi orqasiga qo’yadi. Yiliga 2-5 avlod beradi. Bir avlodning rivojlanish davri 25-45 kun. Sernam yillari g.t. juda ko’payib, ekinlarga sezilarli zarar etkazadi. Kurash choralari: erlarni kuzda haydash, urug’ni o’z vaqtida ekish, begona o’tlarni yo’qotish, qator oralariga ishlov berish; 1 m2 erdan 2-3 qurt topilganda 80% li texnik xlorofos (1 kg/ga) purkash; tuxum qo’yish davrida ikki marta ekinzorga 20-50 ming/ga hisobida trixogramma qo’yish.