G’ARBIY VIRGINIYA
G’ARBIY VIRGINIYA – AQShning Sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 62,7 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1,8 million kishi (2002). Ma’muriy markazi — Charlston shahri. Yer yuzasi sharkdan (eng baland joyi 1481 metr) g’arbga, Ogayo daryosi vodiysiga pasayib boruvchi (250-300 metr) platodan iborat. Iqlimi mo’tadil, iliq va sernam. Yanvarning temperaturasi — 1° dan 5° gacha, iyulniki 23-25°. Yillik yog’in 900-1250 millimetr. Yirik toshko’mir konlari bor. Shuningdek, neft, tabiiy gaz, tuz, qurilish materiallari qazib olinadi. Sanoatining yetakchi tarmog’i — qora metallurgiya, koks kimyosi. Alyuminiy sanoati rivojlangan. Kimyoviy tolalar, plastmassa, sintetik kauchuk ishlab chiqariladi. G’arbiy Virginiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasi boshqa Shtatlarga ham uzatiladi. Qishloq xo’jalik, asosan, shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i — chorvachilik. Appalachi vodiysida bog’lar barpo qilingan. G’arbiy GAT tog’lari, G’arbiy Ghota tog’lari, Sahyadri — Hindiston yarim orolidagi tog’lar, Hindiston hududida. Dekan yassitog’ligining chekka g’arbiy, baland qismi. Uzunligi 1800 kilometr chamasida. Eng baland joyi 2698 metr (Anaymudi cho’qqisi). Asosan, gneys va bazalt jinslardan tuzilgan. G’arbiy yon bag’ri Arabiston dengiziga zinapoyalar hosil qilib tushgan, Sharqiy yon bag’ri dekan yassitog’ligi tomon pasayib boruvchi qiya tekislik. Janubda Nilgiri, Anaymalay, kardamon tog’lari bor. Shimol qismi qirlardan iborat. Ikdimi subekvatorial, mussonli. Shamolga ro’para yon bag’irlarida yillik yog’in 2000-5000 millimetr, sharqida 600-700 millimetr. G’arbida doim yashil sernam va barg to’kuvchi tropik o’rmonlar, sharqida savanna va siyrak o’rmonlar bor. Milliy bog’lar tashkil etilgan.