GAZIANTEP
GAZIANTEP — Turkiyaning Janubidagi shahar, Gaziantep elining ma’muriy markazi. Aholisi 600 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Suriyaga boruvchi temir yo’l stantsiyasi. Avtomobil yo’llari tuguni. Mashinasozlik, oziq-ovqat, to’qimachilik, tsement, silikat-keramika, yog’ochsozlik va tsellyuloza-qog’oz sanoati, spirt-araq, sovun ishlab chiqaruvchi korxonalari bor. Qishloq xo’jalik mahsulotlari savdosi o’tkaziladi.