Gazning qanday xillari mavjud?
Moddiy borliq xilma-xil shakllarda hukm surayotir. Mabodo u havoni eslatsa, bu gazdir. Gaz erkin harakatlanuvchi mayda zarralardan iboratdir. Ular imkon qadar kenglikka tarqalishga intiladi. Shu boisdan gaz aniq bir shaklga ega emas. Agar gaz biron-bir idishga qo’yilsa, shu idishning hamma yog’iga yoyilib, uning shakliga kiradi. Gaz konteyner-idishlarga joylantirilsa, uning harakatchan zarralari konteyner idish devorlariga urilib, sapchib turadi. Trillion va trillion zarrachalar tinimsiz devorga urilib qaytaveradi. Zarralarning devorga har bir urilishidan bir turtki tug’iladi. Bu turtkilar jamuljam bo’lib, bir butun holda gaz bosimini vujudga keltiradi. Agar konteyner-idish sig’imi kichik bo’lsa, undagi gaz ham kichik hajmli bo’lib ko’rinadi va gaz zarralarining bosimi yanada ortadi. Ularning harakatlanishi uchun maydon torayadi. Natijada gaz zarralari devorga yanada tez-tez uriladi. Xullas, hajm toraysa, gaz bosimi ko’payadi. Agar gaz qizdirilsa, uning zarralari tag’in tezlashadi va bosimi oshaveradi. Bordi-yu, harorat darajasi pasaytirilsa, zarralarning harakati ham sustlashadi. Harorat darajasi yanada pasaytirilsa, zarralarning o’zaro tortishish kuchi ularni birlashtiradi va shu holatda saqlanib qoladi. Gaz o’z gazligini yo’qotadi. U suyulish holatiga o’tib, suyuqlikka aylanadi. Gazlarning bir talay xillari mavjud. Eng ko’p tarqalgan gaz — havo. Aslida esa havo gazlarning aralashmasidan iborat bo’lib, ularning orasida asosiylari — kislorod va azotdir. Keng tarqalgan gazlar — azot, bizning nafasimizdan chiqadigan karbonat angidrid, uglerod, avtomobillardan ajralib chiqadigan chiqindi gaz, geliy, vodorod va metandir.