Gdansk

Gdansk — Polshaning shim. dagi shahar. Boltiq dengizi bo’yida, Visla daryosi sohilidagi yirik port. Xalqaro aeroport bor. Sopot va Gdinya sh.lari b-n Truymyasto sh. aglomerasi- yasini tashkil etadi. Gdansk voevoda- ligining ma’muriy markazi. Aholisi 465 ming kishi (1990-y.lar o’rtasi). Shahar ilk bor 997 y.da tilga olingan. 10-13-a.larda Sharqiy Pomor Knyaz- ligining markazi. 1793-1918 y.larda Prussiya qo’l ostida, so’ngra Germa- niya hukmronligida bo’ldi. 1919 y.da “Erkin shahar” deb e’lon qilindi. 1939 y.da nemis-fashist qo’shinlari tomonidan bosib olingan. 1945 y.da shaharni ozod qilishda o’zbek Ge- nerali Sobir Rahimov qatnashgan. G. portida yillik yuk ortib-tushirish qariyb 20 mln. t. G. orqali chetga kumir, yog’och-taxta va b. chiqariladi; chetdan ruda, fosfatlar va b. keltiriladi. Sanoati- da mashinasozlik, ayniqsa kemasozlik, elektrotexnika etakchi urinda. Kime (lak, bo’eq), oziq-ovqat, neftni qayta ish- lash, tikuvchilik sanoati ham rivojlan- gan. G.— muhim madaniyat markazi. Un-t, politexnika, ped., med., dengizchilik in- tlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar, opera va drama teatrlari bor. Me’mo- riy yodgorliklaridan ratusha (14— 15-a. lar), Bibi Maryam kostyoli (14-16-a. lar), katta Arsenal (17-a. boshlari) va b. saqlangan. Shahar 2-jahon urushi vaqtida katta zarar ko’rdi. Urushdan key- in qayta qurilib, yangi turar joy va ja- moat binolari bunyod etildi.