Geksametilentetramin

Geksametilentetramin (Hexamethylentetraminum), urotropin, geksamin, urizol, metenamin — antisep- tik modda, ammiakni formaldegidning suvdagi eritmasiga ta’sir ettirib olina- Di. Rangsiz yoki oq hidsiz kristall modda. Mol. m. 140,19, zichligi 1270 kg/m3 (25°). Suvda eriydi; 14° dan past t-Rada barqaror monogidrat hosil qiladi. Efir, benzol va tetraxloretanda yomon eriydi. Chuchmal, bir ozdan keyin achchiq ta’mi seziladi. Kuchsiz kislotalar b-n beqaror tuzlar beradi; kuchli kislotalar ta’sirida NH3 va formaldegidga ajra- ladi; ishqor eritmalari ta’siriga chi- damli. G.— kuchsiz nukleofil: benzil, allil va fenasilgalogenidlar b-n mono- alkil geksamin tuzlarini hosil qiladi. G.ning sirka kislotadagi eritmasi kuch- siz oksidlovchi bo’lib, aminlarni al- degidlar yoki ketonlarga aylantirishda ishlatiladi. Ammoniy nitrat va sirka aldegid ishtirokida tutovchi HNO, ni nitrolashda g. portlovchi modda — gekso- gen hosil qiladi. Sanoatda G. vakuumda formaldegidga ammiak ta’sir ettirib olinadi. G. dori preparat (urotropin, kaltseks), antiseptik modda, fenol- formaldegid smolalarni qotiruvchi, fungisid, portlovchi moddalar i.ch.da boshlangich mahsulot sifatida ishlati- ladi. U yoqilg’i o’rnida (“quruq spirt”), analitik kimyoda eritmalar tarkibidagi Fe(HI), AI(Ill), Cr(IH), Ti(IV) birikmala- rini cho’ktirishda ham qo’llaniladi. Ilk bor g.ni A. M. Butlerov 1861 y.da NH3 va poliformaldegiddan sintez qilgan. Tsistit, pielit va siydik yo’llarining boshqa yallig’lanish kasalliklarida, ba’- zi allergik kasalliklarda qo’llaniladi. Tabletka shaklida va 40% li eritmasi 5-10 ml dan ampulada chikariladi.