Geliobiologiya

Geliobiologiya (gelio… va biologiya) — biofizikaiint quyosh AK- tivligining er biosferasidagi har xil hodisalar b-n bog’lanishini o’rganadigan bo’limi. Quyosh tirik organizmlarga bevosita (elektromagnit nurlanish, Quyoshdagi chaqnashlardan yuqori Energi- yaga ega bo’lgan protonlar) va bilvosita (Er ionosferasi, magnitosferasi va atmosferasiga Quyosh radiasiyasi ta’- siri orqali) ta’sir etishi mumkin. G. ana shu omillarning biologik sistema- lar holatiga ta’siri qonuniyatlarini o’rganadi, ularni miqaoriy jihatdan taxlil qilib, ta’sir mexanizmini aniqdaydi. G.ga rus olimi A. L. Chijev- skiy (1915) asos solgan. Ammo quyosh aktivligining erdagi tirik organizm- lar hayotiga ta’sirini ungacha shved S. Arrenius va b. ham ko’rsatib o’tishgan. Taniqli olimlardan M. For, G. Sardu, G. Vallo (Frantsiya), M. Takata (Yapo- niya), J. Pikkardi (Italiya), N. A. Shuls, V. P. Desyatov (Rossiya) G.ning rivojlanishiga katta hissa qo’shishdi. Quyosh aktivligi odamlar nerv sistema- sining funktsional holatiga, ularning kasallanishi va o’limiga, o’simliklar hosildorligiga, hayvonlar, jumladan zararkunanda hasharotlarning ko’payish intensivligi, hayvonlar migrasiyasi va b. bir qancha biologik hodisalarga ta’sir etishi to’g’risida dalillar mav- jud. Bu hodisalar davriy takrorlanib turishi yoki aperiodik xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Bunday hodisalarning namoyon bo’lishi, intensivligi va FA- Zoviy tarqalishi muayyan geliofizik omillarga yaxshi Moe keladi. Xususan biologik jarayonlarning aniq takror- lanib turishi quyosh aktivligining 11 yillik va undan ko’proq tsikliga hamda quyoshning o’z o’qi atrofida aylanishiga bog’liqligi aniqlangan. Quyoshdagi faol maydonlarning davomiyligi bu may- donlardan tarqalayotgan nurlar ta’si- rining davriyligini belgilaydi. APE- riodik o’zgarishlar, odatda, Quyoshdagi chaqnashlardan keyin paydo bo’ladigan geomagnit bo’ronlar b-n tushuntiriladi. Geliofizik omillar tiriklikning mav- judligi sharti (fotosintez, biologic ritm va b.) bo’lishi b-n birga biosfe- Rada sodir bo’lib turadigan ko’ngilsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mum- kin. Geliofizik hodisalarning ta- biatini o’rganish va oldindan tushun- tirib berish ekologiya, kosmik biol., tibbiyot va q. x.da katta ahamiyatga ega.